Ukraina Instagram’da rasmiy sahifasiga ega bo’ldi

Instagram’da Ukrainaning rasmiy sahifasi paydo bo’ldi.

«Ukrainaning moviy-sarig’i endi Instagram’da! Ukrainaning go’zalligi va insonlari tarixi», — deyiladi tvitda.

Yangi akkauntda e`lon qilingan birinchi post 2014 yilda Slavyansk uzra ko’tarilgan Ukraina davlat bayrog’ining surati bo’ldi. Qolgan suratlarda esa Ukrainaning tabiati va diqqatga sazovor joylari aks etgan. Unda Belgorod-Dnestrovskaya qal`asini va «Podolskiye Tovtry» milliy tabiat xiyoboni manzaralarini ko’rish mumkin.

Xuddi Twitter singari yangi profildagi barcha yozuvlar ingliz tilida yuritilgan.

ain.ua saytining ma`lum qilishicha, ushbu Instagram-akkaunt maxsus belgi (galochka) olmagan bo’lsa ham, uni “Ukrainaning bir qancha tashkilotlaridagi rasmiylar” yuritmoqda.

Добавить комментарий

Ваш e-mail не будет опубликован. Обязательные поля помечены *

Этот сайт использует Akismet для борьбы со спамом. Узнайте как обрабатываются ваши данные комментариев.