Twitter kompaniyasi Vine servisini yopish fikridan qaytib, uni sotmoqchi bo`lmoqda

Twitter kompaniyasi o’zining Vine videoservisini yopish fikridan qaytdi, chunki uni sotib olish bo’yicha ko’plab takliflar oldi. Ayni vaqtda kompaniya bu takliflarni o’rganib chiqmoqda.

Twitter videoservisni yopishini ma`lum qilgandan keyin uni sotib olish bo’yicha bir nechta, jumladan Osiyo kompaniyalaridan takliflar oldi. Buni ma`lum qilgan manbalar videoservisga qiziqish bildirayotgan kompaniyalar to’liq ro’yxatini ma`lum qila olmaganlar, biroq ular orasida Yaponiyaning Line kompaniyasi bor. Shuningdek, tomonlardan biri Vine uchun 10 mln dollar taklif qilgan.

Oktyabr oxirida Twitter kompaniyasi Vine’ni yopishini e`lon qilgandi. Kompaniya shunga qaramay, foydalanuvchilar o’z videoroliklarini ko’chira olishlari va tomosha qila olishlari, biroq ularni yuklay olmasliklarini ma`lum qilgan.

Добавить комментарий

Ваш e-mail не будет опубликован. Обязательные поля помечены *

Этот сайт использует Akismet для борьбы со спамом. Узнайте как обрабатываются ваши данные комментариев.