Apple’ning yangi rangdagi iPhone 7 ishlab chiqarish rejasi aytildi

Apple kompaniyasi iPhone 7’ning ranglari safini kengaytiradi va Pure White oq yaltiroq korpusdagi smartfonini ishlab chiqaradi.

Yangi rangdagi qurilmaning ishlab chiqarilishiga Jet Black (tim qora) modeliga talabning yuqoriligi sabab bo’ldi. Oq rangdagi iPhone 7 qurilmasini sotuvga chiqarish vaqti hozircha noma`lum. Portal tahririyatining ta`kidlashicha, ma`lumot yolg’on ham bo’lishi mumkin.

iPhone 4 voqeasini esga olaylik: 2010 yilning iyundagi taqdimotdan 9 oy o’tib, kompaniya oq korpusdagi smartfonini taqdim etgandi. Ehtimol, iPhone 7 bilan ham shunday bo’lar. Hozirda iPhone 7 besh xil variantda taqdim etilgan: kumushrang, tillarang, pushti, qora va tim qora ranglarda.

Добавить комментарий

Ваш e-mail не будет опубликован. Обязательные поля помечены *

Этот сайт использует Akismet для борьбы со спамом. Узнайте как обрабатываются ваши данные комментариев.