LG G5 Android Nougat versiyasigacha yangilandi

Android 7.0’ga o’tishdagi yuqori tezlik LG kompaniyasining foydalanuvchi va mahsulotlarni samarali qo’llab-quvvatlashidan dalolat beradi, bu kompaniyaning smartfonlar bozoridagi ustun tomoni hisoblanadi.

LG Electronics (LG) kompaniyasi Janubiy Koreyada LG G5 smartfonlarining operatsion tizimini Android 7.0 Nougat versiyasigacha yangilash ishlarini boshladi. LG V20 modeli namoyishidan so’ng LG kompaniyasi Andorid Nougat’da qurilma chiqargan birinchi ishlab chiqaruvchi bo’ldi. LG bundan avval Android Marshmallow operatsion tizimida  ishlab chiqarilgan smartfonlarni Nougat versiyaga yangilashni taklif qilmoqda.

Operatsion tizimni yangilash Janubiy Koreyadan keyin Shimoliy va Janubiy Amerika, Osiyo va boshqa mintaqalarda ham joriy qilinadi. LG G5 smartfoni egalari yangilanish  tizimining o’rnatishga tayyor ekanligi haqida xabar olishadi. Qo’shimcha ma`lumotlar kelgusi haftalarda har bir mamlakatga alohida taqdim etiladi.

Android 7.0 Nougat samaradorlikni oshirish va LG G5 smartfonlari foydalanuvchilariga qulaylik yaratishga yo’naltirilgan bir qator yangi funksiyalarga ega. Masalan, In Apps funksiyasi qurilmaga o’rnatilgan ilovalar bo’yicha qidiruvni amalga oshiradi. Yangi ko’p derazali interfeys ikki martalik bosish orqali bir ilovadan boshqasiga o’tish hamda bir ekranda ikki dasturni ishga tushirish imkonini beradi. Kengaytirilgan presonal sozlamalar va aqlli xabarlar smartfonlardan foydalanish samaradorligini oshiradi.

“LG kompaniyasi o’z iste`molchilariga eng yaxshi, eng zamonaviy mobil texnologiyalar kerakligini yaxshi biladi”, — deya ta`kidladi LG Mobile kompaniyasi vitse-prezidenti, tadqiqotlar va rivojlantirish bo’limi rahbari Kim Xyon Jang.

Добавить комментарий

Ваш e-mail не будет опубликован. Обязательные поля помечены *

Этот сайт использует Akismet для борьбы со спамом. Узнайте как обрабатываются ваши данные комментариев.