Instagram’dan video yuklashning olti usuli

2016 yilda Instagram’ga yuklanuvchi roliklarning maksimal xronometraji 15 soniyadan 60 soniyagacha kengaydi.

Ijtimoiy tarmoqda mini-seriallar, kliplar va shunchaki qiziqarli roliklar ko’payib bormoqda.

 

Instagram’dan video yuklashning eng oddiy usuli

9dfb405bb7ce39beb86ec0f5dae7af29

Video yuklashning birinchi va nisbatan oson usuli — shunchaki videoli postni oching va manzil satrida instagram.com’dan oldin qq’ni qo’shib yozing. Shundan keyin Enter tugmasini bosing — Savedeo servisi sahifasi paydo bo’ladi, sizdan faqat Download tugmasini bosish va kontekst menyu orqali o’zingizga yoqqan videoni saqlab qo’yishgina talab qilinadi.

 

«Elementlar inspektori» orqali yuklab olish

Ushbu usul uchun sizga hech qanday begona soft yoki servis kerak bo’lmaydi. Dastavval o’zingiz yuklashni istagan  videoli postni oching. Keyin sahifa kodi beriladigan «Elementlar inspektori»ni («Inspektor elementov») «chaqiring». Aksariyat brauzerlarda «Ctrl + Shift + C» kombinatsiyasi yoki F12 tugmasini bosib, HTML-kodni ko’rish mumkin. Panel ochilganda qidiruvni faollashtirish uchun «Ctrl + F»ni bosing va «mp4» matnini kiriting. Paydo bo’lgan havola nusxasini brauzer satriga kiriting va kontekst menyu orqali videoni yuklab oling, bunda «Videoni saqlash» («Soxranit video») optsiyasidan foydalaning.

 

InstaDownloader ilovasi

Rolikni ko’chirishning yana bir elementar usuli. Ilova yuklangandan keyin sizga videorolik URL’i kerak bo’ladi. Shunchaki uni ilovaning tegishli joyiga ko’chiring. Shunda yuklanish avtomatik ravishda amalga oshiriladi.

 

1f03755b5d3f27873a05b72377a73c59

 

 

 

 

 

InstaSaver ilovasi

Bu dasturning funksional va mexanikasi oldingisiga o’xshash. U sizga foyda berishi mumkin bo’lgan bir necha kichik detallari bilangina ajralib turadi.

Birinchidan, ilova rolikning o’zidan tashqari, uning ta`rifi va xeshtegini saqlay oladi.

Ikkinchidan, ilova xabarlar panelida aks etadi, bu esa Instagram’dan ilovaga tez o’tish imkonini yaratadi. Ilovaga URL nusxasini ko’chiring va videoni yuklab oling.

 

DreDown 

Mazkur veb-servis ham URL orqali ishlaydi. Shunchaki kerakli havoladan nusxa oling va uni maxsus satrga kiriting. Shundan keyin DreDown tugmasini oling. Video sizning ilovangizda paydo bo’ladi.

Darvoqe, bu servis YouTube, Facebook, Vimeo, Vine va boshqa joylardan ham video yuklash imkonini beradi. DreDown hattoki «VKontakte» bilan ishlay oladi.

 

2af78f36607813abdc367e8f1aa73889

 

 

 

 

 

W3Toys

Sayt dizaynining minimallikka asoslanganligi uning funksionalini to’liq ifodalaydi. Ortiqcha hech narsa yo’q — faqat URL’ni ko’chirish satri va qizil tugma. Shuningdek sayt yordamida Instagram’dagi suratlarni ham yuklab olish mumkin. Ishlash mexanizmi videoni yuklash bilan bir xil.

Ko’rib turganingizdek, usullarning hammasi haqiqatdan ham oddiy va qulay. O’zingizga eng yoqqanini tanlang.

 

Добавить комментарий

Ваш e-mail не будет опубликован. Обязательные поля помечены *

Этот сайт использует Akismet для борьбы со спамом. Узнайте как обрабатываются ваши данные комментариев.