Samsung Galaxy S9 va S9+rasman namoyish qilindi

Barselonada bo’lib o’tgan MWC 2018 ko’rgazmasida Samsung kompaniyasi o’zining yangi flagmanlarini namoyish qildi.

Galaxy S9 va S9+ flagmanlari ekran hajmi S8 va S8+ kabi qoldirilgan (5.8 va 6.2 dyuym), QuadHD+ (2960×1440) Super AMOLED matritsa.

 

Asosiy o’zgarishlardan biri barmoq izi skaneri kameraning yon tomanidan  kameraning paski qismiga ko’chirilgan.

 

Это слайд-шоу требует JavaScript.

Galaxy S9+ ikkitalik 12 MPlik kameralarga ega bo’ldi, S9 esa bitta 12MPlik asosiy kameraga ega.

Ikkala smartfonlar ham 8MPlik old kamera bilan jihozlangan.

 

Galaxy S9 va S9+ smartfonlari  10nanometrlik Qualcomm Snapdragon 845 protsessorlari o’rnatilgan ilk va hozircha yagona smartfonlar bo’ldi. Bu turdagi smartfonlar hozircha faqat AQShda sotiladi, Osiyo bozorlari uchun esa Samsung o’zi ishlab chiqqan Exynos 9810 protsessorlariga ega smartfonlar ishlab chiqariladi.

Bundan tashqari S9 4GB va S9+ 6GB tezkor xotira bilan sotuvga chiqariladi. Asosiy xotira esa 64GB, 128GB va 256GB + MicroSD (400GB gacha o’qiy oladi) lik versiyalari bo’ladi.

S9 va S9+ smartfonlari 3000mAs va 3500mAs akkumulyatorlariga ega bo’ladi, bundan tashqari USB Type-C tezkor zaryadlash bilan, AKGdan stereo dinamiklar, IP68 standarti bo’yicha chang va suvdan himoya, Android  8.0 Oreo OS ga ega bo’ldi.

Shuningdek, LTE , Wi-Fi (802.11 a/b/g/n/ac), Bluetooth 5.0, ANT+, NFC, GPS+GLONASS tarmoqlari bor. Hajmi 147,7 x 68,7 x 8,5 mm va 158,1 x 73,8 x 8,5 mm. Og’irligi— 163 va 189 gramm.

Sotuvga 16-martdan chiqariladi, narxi 1000 va 1300 AQsh dollari.

Добавить комментарий

Ваш e-mail не будет опубликован. Обязательные поля помечены *

Этот сайт использует Akismet для борьбы со спамом. Узнайте как обрабатываются ваши данные комментариев.