MWC 2018: Nokia’dan 4 ta yangi smartfon

MWC 2018 ko’rgazmasida Nokia kompaniyasi o’zi bilan 4 ta yangi smartfonlar olib keldi. Bular: Nokia 8 Sirocco, Nokia 7 Plus, Nokia 6 (2018) va Nokia 1.


Nokia 8 Sirocco haqida

Nokia 8 Sirocco 2560×1440 piksel kenglikdagi 5.5 dyuymlik qayirilgan pOLED ekran, Snapdragon 835, 6GB tezkor xotira, 256GB ichki xotira va 3250mAs quvvatli akkumulyatorga ega bo’ldi.

Smartfon korpusi yaltiroq ishlov berilgan alyuminiy ishlangan va IP67 standarti bilan suv va changdan himoyalangan.

Smartfon 12MP+13MPlik ikkitalik asosiy kamera va 5MPlik old kamera bilan jihozlangan, shuningdek smartfonda MicroSD karta (256GB gacha) qo’yish imkoniyati va Qi (simsiz quvvatlash), NFC va Bluetooth 5.0 aloqa modullari bor.


nokia 7 plus haqida

Nokia 7 Plus esa 6 dyuymlik (18:9) FULL HD IPS displey, Snapdragon 660 protsessori, 4GB tezkor xotira, 64GB ichki xotira va 3800mAs quvvatli akkumulyatorga ega bo’ldi.

Shuningdek smartfon 16MPlik old va13MP va 12MPlik asosiy  kameralarga ega bo’ldi. Nokia 7 plus  IP54 standarti bo’yicha suv sachrashidan himoyalangan. Smartfon 256GB gacha MicroSD karta, NFC va Bluetooth 5.0 ga ega.


Nokia 6.1 haqida

Nokia 6.1 (2018) FULL HD sig’imli 5.5 dyuymlik IPS displey, 3GB tezkor xotira, 32GB ichki xotira, 3000mAs quvvatli akkumulyatorga ega bo’ldi.

Smatrfon Zeiss optikasi bilan himoyalangan 16MP asosiy va 8MP frontal kameralar bilan jihozlandi.


Nokia 1 taqdim etilgan smartfonlar orasida eng kichkinasi va eng razoni bo’ldi.

U 854×480 sig’imlik 4.5 dyuymlik IPS displey, MT6737 protsessori, 1GB tezkor xotira, 8GB ichki xotira, 2150mAs quvvatli akkumulyator bilan jihozlandi.

Shuningdek, smartfonda 5MP asosiy va 2MP old kameralari bor. Ushbu smartfonda ham 128GBgacha MicroSD kartasi o’rnatish imkoniyati va IP52 standarti bo’yicha yomg’irdan himoya bor.

Barcha smartfonlar Android 8.0 Oreo OSda ishlaydi va 4G moduliga ega.

 

Nokia 8 Sirocco 749 yevro, Nokia 7 Plus 399 yevro, Nokia 6.1 279 yevro va  Nokia 1  85 dollar qiymatida sotuvga chiqadi.

Добавить комментарий

Ваш e-mail не будет опубликован. Обязательные поля помечены *

Этот сайт использует Akismet для борьбы со спамом. Узнайте как обрабатываются ваши данные комментариев.