Nokia 8110 4G (2018)

Nokia kompaniyasi 3310 telefonini qayta ishlab chiqarishni boshlaganidan keyin muhlislardan ko’plab takliflar tushdi. 2018-yilda kompaniya  o’z muhlislarini quvontirishni davom etmoqchi.Nokia 8110 telefoni ko’pchiligimizga Matritsa filmidan tanish, telefonning yangi avlodi 4G aloqa tezligi, 2.6 dyuymlik displey va 2MP kameraga ega bo’ldi.

Telefon Yun OS deb nomlangan Androidning cheklangan versiyasida ishlaydi. Telefondan Facebook yoki boshqa ijtimoiy tarmoqlarga kirish yoki modem sifatida ishlatish ham mumkin.

Telefon korpusi polikarbonatdan ishlangan bo’lib, qora va sariq ranglarda sotuvga chiqadi. Narxi 79 yevro.