TOP 8 eng yaxshi pochta ilovalar

Elektron pochta xizmati kundalik hayotimizdan asta-sekinlik bilan chiqib ketayotgan bo’lsada, o’zining bir qancha ustunlik tomonlari bilan haliyam o’z o’rnini egallab turibdi. Quyida tanlab olingan pochta ilovalari eng zo’rlari deb o’ylayman.

1. Gmail

Ushbu reytingda shubxasiz Googlening rasmiy pochta ilovasi birinchi o’rinni egallaydi. O’z ichiga qulay va tezkor interfeysni olgan ushbu ilova spamdan himoya, avto tartiblash, pochta uchun 15GB joy, multiakkaunt qulayliklarini bera oladi.

[appbox googleplay com.google.android.gm]

[appbox appstore id422689480]


2.Mail. Ru pochta

Rossiyalik do’stlarimiz tomonidan ishlangan Mail.ru Pochta ilovasi pochta va push xabarlarini tezkorligi bilan ushbu reytingda alohida xurmatga ega. Pin kod bilan himoya, antispam,  filtr, xullas barcha mobil qulayliklarni o’z ichiga olgan Mail.ru deyarli ideal desa ham bo’ladi.

[appbox googleplay ru.mail.mailapp]

[appbox appstore id511310430]


3.myMail

myMail pochta ilovasi Mail.ru ilovasining xalqaro versiyasi bo’lib uning asosiy farqi my.com pochta xizmati va o’zgacha dizayni hisoblanadi. Qolgan barcha funksionallari Mail.ru pochta ilovasining o’zgacha dizayndagi nusxasidir.

[appbox googleplay com.my.mail]

[appbox appstore id722120997]


4.Yandeks.Pochta

Yandeks pochtani bilmaydigan internet foydalanuvchisi kam bo’lsa kerak, ushbu kompaniyaning xususiy ilovasi o’zining oddiy va tezkor dizayni bilan sizni befarq qoldirmasligiga ishonaman. Yaqinda chiqqan BETA versiyasi esa multiakkauntga ega bo’ldi, bu albatta juda qulay.

[appbox googleplay ru.yandex.mail.beta]

[appbox appstore id441785419]


5.Rambler/pochta

Navbatdagi ilova ham qolgan barcha ilovalar qatori standart qulayliklarga ega va bundan tashqari Rambler pochta ilovasi qulay va oddiy TODO ro’yxat xizmatini ham taqdim etadi. Sekin ishlaydigan smartfonlarga ham katta yuk bo’lmasligiga aminman.

[appbox googleplay ru.rambler.mail]

[appbox appstore id981598964]


6.Microsoft Outlook

Outlook ilovasi esa o’zining xususiy servisi One Drivedan tashqari Dropbox va Box bulutlari bilan ham ishlay oladi, pochtangizdagi word, excel hujjatlari bilan birdaniga ushbu ilovani o’zidayoq tanishib chiqishingiz mumkin.

[appbox googleplay com.microsoft.office.outlook]

[appbox appstore id951937596]


7.Blue Mail

O’ziga xos tartiblash tizimi, tungi rejim, svayp menyuni o’zgartirish imkoniyati va material dizaynda ishlangan bu ilova barcha qulayliklardan tashqari o’z ichiga kalendarni ham sig’dirgan. Ilovada asosiy urg’u dizayn va funksionalga qaratilgan.

[appbox googleplay me.bluemail.mail]

[appbox appstore id1063729305]


8.Yahoo! pochta

Ro’yxatimizni yakunlovchi Yahoo kompaniyasi ilovasi esa yuqoridagi ilovalarda bor barcha qulayliklardan tashqari pochta uchun 1000GB joy taqdim etishini eslatib o’taman. Gmail Yahoodan o’rgansa yaxshi bo’lar edi. Chunki ba’zan 15GB pochta kamlik qiladi!

[appbox googleplay com.yahoo.mobile.client.android.mail] [appbox appstore id577586159]

Agarda qaysidir ilovani esdan chiqargan bo’lsam o’z fikringizni yozib qoldiring.

Bizni shuningdek Facebook, Twitter va Instagramda ham kuzatib borishingiz mumkin.