Huawei yaqinda o’z operatsion tizimini taqdim etadi

6-iyun kuni Huawei korporatsiyasi o’zining shaxsiy operatsion tizimini namoyish qiladi

Korporatsiya yetakchilaridan bo’lgan Yu Chengdong so’zlariga ko’ra, Honor Play smartfonlarida ilk bor namoyish qilinadigan tizimning farqi yer bilan osmoncha bo’ladi (yaxshi ma’nodaligiga umid qilamiz)

Suratdagi ma’lumotlarga tayanadigan bo’lsak, yangi tizim Kirin OS deb nomlanadi va u Android kabi Linux asosida yaratilgan.

Eslatib o’tamiz, Huawei 2012-yildan buyon Androidga raqobat qila oladigan shaxsiy tizimini yaratish ustida ishlayapti.