Nokia 9: yangi flagman anonsi sentyabrda

Android tizimida qayta jonlangan Nokia kompaniyasining hozirgi flagmani Nokia 8 Sirocco hisoblanadi. Lekin ushbu flagmandagi chip Snapdragon 835 anchagina eskirib qoldi. Hozir hamma yangi flagmanlar 845-chipda ishlab chiqarilayotgani hammaga ma’lum, Nokianing kuzda kutilayotgan yangi flagmani ham aynan ana shu chipda ishlaydi.

Nokia 9 ning asosiy xarakteristikalari hozirdan ma’lum, lekin kutilmagan o’zgarishlar bo’lishi mumkin.

Xarakteristikalari:

Nokia 9 xarakteristikalari:

  • Displey: 5,7-dyuymlik va 1440×2560 piksellik, OLED;
  • Чип: Sakkiz yadroli Qualcomm Snapdragon 845;
  • Xotira: 6 yoki 8 GB operativ xotira, ichki xotira 64/128 GB;
  • Asosiy kamera: Carl Zeiss optikasi bilan ikkitalik 13 megapiksellik, 5 megapiksel frontal;
  • Akkumulyator: 3250 mAs;
  • Tizim: Android 8.0 Oreo.

Yangi flagman bilan birga Nokia 8 Pro smartfoni ham taqdim etiladi. Bu smartfonning hozirgi Nokia 8 dan nima bilan farq qilishi nomalum.