Snapdragon 710: Qualcomm arzon va tezkor yangi chip yaratdi

Qualcomm kompaniyasi Snapdragon 800 va 600 seriyasi protsessorlari o’rtasiga 710-seriyani joylashtirishga qaror qildi, yangi chip hamyonbop va arzon bo’lishi kutilmoqda.

Yangi Snapdragon 710 protsessori 845 yoki 835 kabi tezlikni bera olmasada deyarli unga yaqin keldi. Snap 660- seriyasiga nisbatan esa 20% tezkorlikni ko’rsatdi.

Qualcomm so’zlariga ko’ra, Snap 710 protsessori sun’iy ong tezligida ham 660 ga nisbatan anchagina yuqori natijalarni ko’rsatgan.

Snapdragon 710 10 nanometrli arxitekturada ishlangan bo’lib, 800Mbit/s tezlikda ishlaydigan X15 modemi, 10BITlik rang va 4K HDR videoni uzata oladi. Shuningdek, o’yin va video ko’rish jarayonida anchagina kam energiya talab qiladi. Snapdragon 710 protsessorida ishlaydigan smartfonlarni 2018-yilning ikkinchi kvartalida kutish ma’lum qilingan