Xiaomi Mi8: ilk suratlari paydo bo’ldi

Tez orada taqdim etilishi kutilayotgan Xiaomi Mi 8 flagmanining render suratlari paydo bo’ldi. Suratlarda oq va qorarangdagi smartfonlar ko’rsatilgan.

Ushbu yangi «xitoy flagmani» ham iPhone X dan asosiy trendni  (ya’ni «qoshlik» ekran) ko’chiribdi.  Lekin shunga yarasha 3D yuz skaneri funksiyasini ham yaxshilab ko’chira olmagani chakki bo’libdida, bunga isbot tariqasida orqa tomondagi barmoq izi skanerini ko’rishimiz mumkin.

Mi8’ning texnik xarakteristikalari quyidagicha kutilayapti: albatta Snapdragon 845, 6GB yoki 8GB operativ xotira, 128GB/256GB ichki xotira, OLED displey va albatta ikkitalik kamera.

Yana qanaqa surprizlar bo’lishini taqdimotda bilamiz.