Samsung smartfonlari pinhona suratlaringizni jo’natmoqda

Reddit internet forumida Samsung smatrfonlari foydalanuvchilari shubhali hodisani muhokama qilishyotganini ma’lum qilinayapti.

Android Police ma’lum qilishicha, Samsung smartfonlari foydalanuvchining barcha suratlarini tasodifiy kontaktga jo’nata boshlayapti.

Bu holatda aynan Samsung ilovasi Samsung Messages aybdor va jo’natilgan suratlar ilova ichida ko’rinish bermaydi.

Ushbu turdagi nosozlik Galaxy Note 8 va Galaxy S9+ smartfonlarida kuzatilayapti. Agarda siz ushbu ikkala smartfonlardan birining egasi bo’lsangiz Samsung Messages ilovasini Play Marketdan oxirgi versiyagacha yangilamaslikni tavsiya qilamiz. Agar yangilab bo’lgan bo’lsangiz (Настройки => Приложения => Samsung Messages => Разрешения) yo’li bilan ilovaga galareyaga kirish huquqini bermay turishingiz mumkin.