Google yangi OSni rivojlantirmoqchi

Google korporatsiyasi oddiy telefonlar uchun mo’ljallangan sodda ta tezkor KaiOS platformasini rivojlantirish uchun 22mln dollar investitsiya kiritdi.

KaiOS tizimi smartfon hisoblanmaydigan knopkali telefonlarga o’rnatiladi. U 4G aloqa, yengil ilovalarni o’rnatish, GPS va uzoq ishlay olish imkoniyatlarini bera oladi.

Googlening ushbu OSga qiziqishining asosiy sababi: rivojlanmagan mamlakatlarni ham qamrab olish va bu orqali yangi texnologik bozorga chiqish ekanligi kundek ravshan.