Samsung Galaxy Note 9 taqdimoti kuni ma’lum bo’ldi

Samsung kompaniyasi 9-avgust kuni bo’lib o’tadigan «UNPACKED» taqdimotiga taklifnomalar yo’llashni boshladi.

Aynan 9-sana tanlanganidan bilish mumkinki, ushbu taqdimotda navbatdagi planshetofon Galaxy Note 9 namoyish qilinadi.

Kutilayotgan yangi fablet rekord darajadagi xotira 8/512GB bilan jihozlanishi taxmini bor, bundan tashqari Note 9 Exynos 9810 protsessori, 3850mAs quvvatli akkumulyator, ko’z skaneri, yanada kuchaytirilgan kameralar va sariq rangli variantga ega bo’ladi. Boshqa parametrlari va tashqi ko’rinishi Note8 ga o’xshash bo’lishi aniq.