Google Play da Instagramning «yengil» versiyasi paydo bo’ldi

Instagram ijtimoiy tarmog’i kuchsiz smartfonlar uchun Google Play da o’z ilovasining yengil versiyasini joylashtirdi.

Instagram Lite ilovasi atigi 573KB hajmga ega bo’lib, sekin ishlaydigan va kam xotiralik smartfonlar uchun mo’ljallangan.

Ilova yegillashtirilgani hisobiga funksional ham ma’lum miqdorda cheklangan, masalan, Instagram Lite da jonli efir, Direct va video joylash funksiyalari yo’q. Ilova hozirda cheklangan davlatlarda sinovdan o’tkazilayapti va tez kunlarda butun dunyo uchun paydo bo’ladi.

Instagram servisi Facebook kompaniyasiga qarashli bo’lgani uchun, Facebook va Messenger ilovalarining Lite versiyalari g’oyasini izidan bormoqda.

Eslatib o’tamiz, yaqinda Instagram saytining mobil versiyasi ham yangilangan edi.