Xiaomi Mi A1 Android 8.1 gacha yangilandi, lekin kamchiligi bor

Xiaomi kompaniyasining yagona toza Androiddagi smartfoni Mi A1 yaqinda Android 8.1 gacha yangilandi, lekin ko’chirib olishga shoshilmang

Xiaomi Mi A1 egalari yangi Android 8.1 apdeytini ko’chirib olganlaridan so’ng smslarning o’chib ketganiga arz qilishayapti. Bundan tashqari SafetyNet tizimi ham ishlamay qolayapti.

Kamchiliklarni hisobga olmaganda yangi Android 8.1 o’zi bilan interfeysda ayrim o’zgarishlar, ovozning yaxshilanishi, yangi GAPPS va yangi Launcherni olib keldi.